» » Olti kunda 36 davlatdan 797 kishi O‘zbekistonga kirish elektron vizasini olish uchun murojaat qildi

Olti kunda 36 davlatdan 797 kishi O‘zbekistonga kirish elektron vizasini olish uchun murojaat qildi


21-iyul holatiga ko‘ra O‘zbekistonga kirish elektron vizasini olish uchun murojaat qilgan xorij fuqarolari soni 797 nafarga yetdi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi, deb yozadi O‘zA.

Hisobot jadvali tahlili shuni ko‘rsatadiki, o‘tgan olti kun ichida dunyoning 36 davlatidan 797 kishi O‘zbekistonga kirish elektron vizasini olish uchun murojaat qilgan, ulardan 429 nafariga elektron vizalar taqdim etilgan. 368 kishining murojaati ko‘rib chiqilmoqda.

Eng ko‘p Xitoy fuqarolari E-Visa olish uchun murojaat etgan bo‘lib, ularning soni 135 nafarni tashkil etadi. Shuningdek, AQSh (119 nafar), Buyuk Britaniya (82 nafar), Fransiya (66) va Hindiston (63) fuqarolari bu ro‘yxatda ko‘pchilikni tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2018, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 84) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют