» » O‘zbekiston Urgutdagi volfram konini o‘zlashtirishga kirishadi

O‘zbekiston Urgutdagi volfram konini o‘zlashtirishga kirishadi


Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi va IFG Capital Partners kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekistondagi Yaxton volfram konini qazib olishning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha bitim imzolandi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Xalq so‘zi”.

“Agar tadqiqotlar ijobiy bo‘lsa, IFG mazkur volfram konini sanoat yo‘li bilan o‘zlashtirishni tashkil etadi. Mazkur kompaniya dastlabki bosqichga zudlik bilan kirishishni mo‘ljallayapti. Bu burg‘ulash ishlarini ham o‘z ichiga oladi. Shu asosda mavjud zaxiralar tasdiqlab olinadi, rudani qayta ishlashning optimal ssenariysi aniqlanishi uchun metall tekshiruvlar o‘tkaziladi”, deyiladi xabarda.

Yaxton Samarqand viloyati Urgut shahri yaqinida joylashgan volfram konidir. Bu yerda volfram uch oksidining katta zaxirasi (20 tonnadan ziyod) mavjud deya taxmin qilinadi.

Yaxton zamonaviy qayta ishlash korxonasi bazasida alohida kam rentabelli konlarni bir joyga to‘plash yo‘li bilan O‘zbekistondagi volfram klasterini yaratish bo‘yicha birinchi qadamga aylanadi.

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi Bobir Islomov bu borada erishilgan kelishuvga izoh berar ekan, O‘zbekiston mineral resurslarga boy ekanligi, volfram sanoati esa uzoq vaqt foydalanilmay kelingan javohir ekanligini ta’kidladi.

IFG va IFG Metals and Mining boshqaruvchi sherigi Olga Ponkratovaning aytishicha, kompaniya O‘zbekiston volfram sanoati tiklanishida ishtirok etayotganidan xursand va mamlakatni nafaqat dunyoda volfram ishlab chiqaruvchilardan biriga, balki investitsiyalar uchun jozibali joyga aylantirish uchun ko‘mak berishga tayyor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2018, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют