» » AQShlik erkakni so‘nggi soniyada poyezddan qutqarib qolishdi (video)

AQShlik erkakni so‘nggi soniyada poyezddan qutqarib qolishdi (video)


AQShning Pert-Emboy shahrida politsiya xodimi temir yo‘lda uxlab qolgan erkakni so‘nggi soniyada poyezddan qutqarib qoldi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Politsiyaga temir yo‘lda uxlab yotgan bir erkak haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga ofitser yuborilgan.

Politsiyachi temir yo‘lda yotgan erkakni ko‘rib, unga qarab baqirgan va chetga o‘tishni so‘ragan. Ammo uning harakatlari behuda ketgan: erkak hech narsani eshitmagan, poyezd esa unga yaqinlashib qolgan edi.

Oxir-oqibat, politsiyachi “Poyezdni to‘xtating!” — deya qichqirgan. So‘nggi soniyada erkak uyg‘onib, unga bir necha metr masofada yaqin kelib qolgan poyezddan chetga o‘tishga ulgurdi.

Erkak nima uchun rels ustida yotganiga aniqlik kiritmadi, ammo u ketma-ket bir necha kun u uchun qiyin o‘tganini aytdi. Keyinroq u tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun kasalxonaga yuborildi.

Kadrlarda erkak yig‘lab, politsiyachiga minnatdorlik izhor qilganini ko‘rish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2018, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют