» » Avstriya kompaniyasi Muzrabotda kepchup ishlab chiqaradi

Avstriya kompaniyasi Muzrabotda kepchup ishlab chiqaradi


Avstriyaning Parsalpine Gmbh kompaniyasi tomonidan Muzrabot tumanida qiymati 35 million dollarga teng bo‘lgan kepchup ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Mazkur loyiha doirasida 6 ming tonnalik muzlatgich hamda bir gektar maydonda issiqxona tashkil etiladi.

Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Bahodir Po‘latov hamda kompaniya rahbari Ahmad Ramzaniy o‘rtasidagi muloqotda ma’lum qilindi.

Uchrashuvda, shuningdek, kompaniya bilan imzolangan memorandumga binoan Muzrabotda umumiy qiymati 15 million dollarlik tayyor tekstil mahsulotlari hamda ohakdan qog‘oz ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishning tashkiliy jihatlari kelishib olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2018, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют