» » Sogliqni saqlash vazirligi Samarqand shahridagi 4-sonli tuguriq majmuasida tekshiruv otkazadi

Sogliqni saqlash vazirligi Samarqand shahridagi 4-sonli tuguriq majmuasida tekshiruv otkazadi


Samarqand shahridagi 4-sonli tuguriq majmuasida 23-may kuni kozi yorigan 1993-yilda tugilgan Gozal Hakimovaning farzandi qiz tugilib, keyinchalik ogil farzandli bolib qolganligi togrisida xabar bergan edik.

Ushbu holat yuzasidan Kun.uz saytida Samarqand shahridagi viloyat perinatal markazida qiz farzand dunyoga keltirgan onaga uch kun otib ogil chaqaloqning jasadi berish sabablari bayon etilgan xabar chiqarildi.

Unda malum bolishicha, tuguruqni qayd etish jurnalida doya Barno Ergasheva tomonidan chaqaloqning jinsi qiz bola ekanligi yozib qoyilgan. Anglashilmovchilikning asl sababi shu.

Daryo muxbiri Farhod Norbotayev viloyat perinatal markazi direktori Baxtiyor Jumanovdan ushbu ikki holat boyicha (Samarqandda chaqaloqlar olimiga qachon barham beriladi? sarlavhali maqolada 2018-yilning 24-iyul kuni Samarqand shahridagi 4-tuguriq majmuasida urgutlik Saodat Xayrullayeva ikkinchi farzandini dunyoga keltirayotgan vaqtda ozi va farzandi vafot etgani haqida xabar berilgan edi) malumot olish maqsadida uchrashdi.

Viloyat perinatal markazi direktori Baxtiyor Jumanov Daryoda elon qilingan ikki holat boyicha quyidagi fikrlarni bildirib otdi.

Qiz farzandni ogilga aylanib qolgan holat boyicha hozirda Sogliqni saqlash vazirligi tomonidan bosqichma bosqich xizmat tekshiruvi otkazish uchun kelyapti. Bu haqida malumotlarni xizmat tekshiruvidan song beramiz. Bu holat mutaxassislarning xulosasidan song berilsa maqsadga muvofiq bolardi. Ikkinchi masalaga kelsak, bu borada ham prokuratura tekshiruv olib boryapti. Bu holat boyicha ham prokuratura xulosasidan song malumot beramiz, deya takidlab otdi Baxtiyor Jumanov.

Malumot uchun, Samarqand viloyat perinatal markazidagi voqeaga Ozbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi zudlik bilan oz rasmiy munosabatini bildirgan.

Vazir orinbosari Elmira Bositxonova mazkur vaziyat yuzasidan oz munosabatini quyidagicha bayon etgan:

Samarqand viloyat perinatal markazida roy bergan mazkur hodisa, albatta, kishini oyga toldirmasdan qolmaydi. Tibbiyot xodimlarning qopol xatoga yol qoyishi, etiborsizligi turli shubha va gumonlarning urchishiga sabab boladi, dedi sogliqni saqlash vaziri orinbosari.

Elmira Bositxonovaning bildirishicha, Sogliqni saqlash vazirining birinchi orinbosari Bahodir Yusupaliyev boshchiligida guruh xizmat tekshiruvi otkazish uchun Samarqand shahriga jonab ketgan.

Qiziq tomoni shundaki, vazir orinbosari Elmira Bositxonova faqat avvaliga qiz, olgandan song ogil bolaga aylanib qolgan chaqaloq yuzasidan fikr bildirgan.

Samarqand shahridagi 4-sonli tugriqxonada 2018-yilning 24-iyul kuni urgutlik Saodat Xayrullayeva ikkinchi farzandini dunyoga keltirayotgan vaqtda ham ozi ham farzandining vafot etganligi yuzasidan hech qanday fikr bildirmagan.



Manba: Daryo.uz
: admin (1-08-2018, 12:27)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 7) ( 0) ( 5) ( 2)
:
-
:
20 ... -