» » Samarqandni obod qilishga 50 mln dollar sarflanadi

Samarqandni obod qilishga 50 mln dollar sarflanadi


Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamg‘armasiga 50 million dollar ajratilmoqda. Bu haqda “Zarafshon” xabar bermoqda.

Ushbu mablag‘ning asosiy qismi — 334,4 milliard so‘mi Samarqand shahri aholisining yashash sharoitini yanada yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish va sohada uchrayotgan muammoli masalalarni tezkorlik bilan bartaraf etishga yo‘naltirilmoqda.

Samarqandda mazkur mablag‘ hisobidan 317 ta ko‘p qavatli uy-joylar ta’mirlanadi va hudud obodonlashtiriladi, 71 ta lift o‘rnatiladi, obodonlashtirish boshqarmasiga 63 ta turli avtomatik vositalar xarid qilinadi, 4 ta markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimi qayta tiklanadi.

Shuningdek, tungi yoritish chiroqlari o‘rnatiladi, yo‘llar holati yaxshilanib, ichimlik suv tarmog‘i tartibga keltiriladi.

Ajratilgan mablag‘dan samarali foydalanish hamda buyurtmachilik vazifasini amalga oshirish maqsadida viloyat hokimligi huzurida “Qurilish va obodonlashtirish direksiyasi” tashkil etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют