» » O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni yaratish soddalashtirildi

O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni yaratish soddalashtirildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-avgust kuni “O‘zbekiston Respublikasida investitsiyaviy muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi, unga muvofiq, xorijiy investitsiyalar bilan korxonalar yaratish soddalashtirildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar ustav fondining eng kam miqdori 600 million so‘mdan 400 million so‘mgacha kamaytirildi, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar ustav fondidagi xorijiy investitsiyalar ulushining eng kam miqdori esa 30 foizdan 15 foizgacha pasaytirildi.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonaning ishtirokchisi sifatida xorijiy yuridik shaxs qatnashishi shartligi to‘g‘risidagi talab bekor qilindi. Korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji miqdori uch baravarga kamaytirildi.

Aksiyadorlik jamiyatlari ustav fondining eng kam miqdori 400 million so‘m miqdorida belgilandi. Hozir u Markaziy bank kursi bo‘yicha 400 ming AQSh dollarini tashkil qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2018, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют