» » O‘zbekistonda pensionerlarning elektron guvohnomasi joriy etiladi

O‘zbekistonda pensionerlarning elektron guvohnomasi joriy etiladi


O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilar shaxsini tasdiqlash hamda naqd pul shaklidagi to‘lovlarni avtomatlashtirish maqsadida pensionerlarning elektron guvohnomasini (ID-card) joriy etish choralari ko‘rilmoqda. Bu haqda Moliya vazirligi ma’lum qildi.

Shuningdek, 2018-yil yakuniga qadar korxonalar pensionerni ishga qabul qilganligi to‘g‘risida Pensiya jamg‘armasiga faqat elektron shaklda xabar yuborish imkoniyatini yaratish orqali qog‘oz shaklida ma’lumot almashinuvidan butkul voz kechish rejalashtirilgan. Amaldagi qonunchilik talablariga asosan pensioner ishga qabul qilinganda korxona rahbari 5 kun ichida Pensiya jamg‘armasiga buyruq nusxasini taqdim etishi va ish joyidan pensiya to‘lovini amalga oshirishi shart.

Bundan tashqari, 2018—2019-yillarda “Elektron hukumat”, Sug‘urta badali to‘lovchilarning shaxsiy hisobini yuritish bazasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lumotlar bazasi bilan axborot almashinuvlarini yo‘lga qo‘yish orqali kelgusida masofaviy tarzda (jamg‘armaga kelmasdan) ariza berish orqali pensiya va nafaqalarni tayinlash imkoniyatini yaratish ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, joriy yil 1-iyunidan boshlab pensiya tayinlanganligi va uning miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat xizmatlari markazlari orqali olish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2018, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют