» » Buxoro viloyat hokimligi Olot tumanida fuqarolarning uylari buzilayotgani haqidagi ayrim xorijiy OAVlar xabarlarini rad etdi

Buxoro viloyat hokimligi Olot tumanida fuqarolarning uylari buzilayotgani haqidagi ayrim xorijiy OAVlar xabarlarini rad etdi


2017-yil 15-fevral kuni ayrim xorijiy OAVlar “Hukumat uy buzish uchun yozni kutmadi” degan noto‘g‘ri xabarni tarqatdi. Ushbu xabarda ko‘tarilgan masala yuzasidan aniqlik kiritish maqsadida Buxoro viloyati hokimligi axborot hizmati  xaqiqiy vaziyat bilan bog‘liq quyidagi axborotni ma’lum etishga qaror qildi.

2017-yil yanvar oyi davomida O‘zbekiston Respublikasi hukumati hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga, tumanlar va shaharlarni obodonlashtirish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan bir qator qarorlarni qabul qildi.

Shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Buxoro viloyatining aholisi salomatligi hamda turmush darajasini yanada yaxshilash maqsadida 2017-yil 20-yanvar kuni tegishli qaror qabul qildi.

Mazkur qarorni bajarish doirasida Olot tumani hokimligi tomonidan tuman hududini obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Shu asnoda hokimlik tomonidan hududdagi ko‘p kvartirali uy-joylar atroflarida fuqarolar tomonidan noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish, uy-joylarni shaharsozlik va yong‘in xavfsizligi me’yorlariga moslashtirish maqsadida ishchi guruhlari tuzilib, ish faoliyatini boshlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Ishchi guruhlari tumandagi “Bunyodkor”, “Nonimas” mahalla fuqarolar yig‘inlarida ko‘p kvartirali uylar atroflarida qurilgan kadastrda rasmiylashtirilmagan molxonalar, hojatxonalar, omborchalar hamda boshqa qo‘shimcha qurilgan binolarni buzish ishlarini olib bordi.

Noqonuniy qurilishlarni buzishdan oldin fuqarolarga ularning qo‘shimcha qurilishlari shaharsozlik me’yor va qoidalariga mos kelmaganligi uchun buzilishi yuzasidan ogohlantirish xatlari berildi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, ishchi guruhlarining faoliyati davomida fuqarolar yashash uylarining birortasi buzilmagan. Faqat ko‘p kvartirali uylarga tutash qilib noqonuniy qurilgan qo‘shimcha binolar bartaraf qilindi.

Hozirgi vaqtda ob-havoning noqulay kelishi munosabati bilan noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish ishlari vaqtincha to‘xtatilgan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-02-2017, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют