» » O‘zbekiston Adliya vazirligi: mulk va ijara haqidagi qonunlar eskirib ketdi, ularni kuchdan qolgan deb e’lon qilish kerak

O‘zbekiston Adliya vazirligi: mulk va ijara haqidagi qonunlar eskirib ketdi, ularni kuchdan qolgan deb e’lon qilish kerak


O‘zbekiston Adliya vazirligi mulk va ijara haqidagi qonunlarni kuchdan qolgan deb e’lon qilishni taklif etmoqda, deb yozadi Spot huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga joylangan loyihaga tayanib.

Loyihada ta’kidlanishicha, qonunlarning qabul qilinishi (bittasi 1990, ikkinchisi 1991-yilda) o‘z vaqtida mamlakatda bozor munosabatlarining joriy etilishiga va rivojlanishiga imkon bergan. Shu bilan birga, mulk to‘g‘risidagi qonunda mulkning bir nechta shakllari (xususiy, shirkat, kommunal, aralash va boshqalar) belgilangan.

Hozirda esa ushbu shakllar amaldagi qonunchilikka mos emas, unga ko‘ra, mamlakatda mulk ikki xil shaklda mavjud (xususiy va jamoatchilik).

Bundan tashqari, mulk to‘g‘risidagi qonun me’yorlarining asosiy qismi eskirgan, ba’zilari esa qator qonunlarda takrorlanadi. Ko‘plab tushunchalar va terminlar hozirda ishlatilmaydi.

Ijara to‘g‘risidagi qonunda ham shunga o‘xshash vaziyat.

Shularga asoslanilganda, “O‘zbekiston Respublikasida mulk to‘g‘risida”gi va “Ijara to‘g‘risida”gi qonunlar amalda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan. Boshqacha aytadigan bo‘lsak, ayni paytda ularning qoidalari O‘zbekistonda qonunchilik taraqqiyotining hozirgi holatiga va iqtisodiy rivojlanish tendensiyalariga mos kelmaydi.

Shu munosabat bilan muassasa ikkala hujjatni ham kuchini yo‘qotgan deb e’lon qilishni taklif etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2018, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют