» » Samarqandda fermer xo‘jaligining ijaraga olingan yerlarini sotgan firibgarlar qo‘lga olindi

Samarqandda fermer xo‘jaligining ijaraga olingan yerlarini sotgan firibgarlar qo‘lga olindi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati Toyloq tuman sudida 2013-yilning fevral oyidan 2017-yilning dekabr oyiga qadar firibgarlik yo‘li bilan fuqarolarga tumandagi “Shahzoda bog‘lari” fermer xo‘jaligining yerlarini noqonuniy ravishda sotib kelgan jinoiy guruh faoliyati yuzasidan sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqida “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Toyloq tuman hokimining qarori bilan “Shahzoda bog‘lari” fermer xo‘jaligiga 43 yil muddatga ijaraga berilgan. N.H. esa 2013-yildan 2017-yilga qadar fermer xo‘jaligiga qarashli bo‘lgan yer maydonlarining 1 sotixini 500 ming so‘mdan 1 million 500 ming so‘mgacha sotgan.

Sudlanuvchilar M.H. va Toyloq tumani davlat yer resurslari kadastr unitar korxonasida yer tuzuvchi vazifasida ishlab kelgan S.U. sudda aybiga iqror bo‘lgan.

Sud jarayonida “Shahzoda bog‘lari” fermer xo‘jaligining 18.20 gektar yer maydoni N.H. va uning sheriklari tomonidan 66 kishiga 644.100.000 so‘m va 54.250 AQSh dollari evaziga noqonuniy ravishda sotilgani aniqlandi.

Sud hukmiga ko‘ra, N.H. 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. S.U.ga har oylik ish haqining 20 foizi miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 yil 6 oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi. Shuningdek, S.U.ga 1 yil muddatga muayyan huquqdan, ya’ni korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlarda mansabdorlik lavozimlarini egallash huquqidan mahrum qilish jazosi tayinlandi. M.H. eng kam oylik ish haqining 100 baravari miqdorida jarimaga tortildi.

Sudlanuvchilardan jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zarar undirilishi belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2018, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют