» » Sud Aqto‘beda yongan avtobus bo‘yicha ishni ko‘rib chiqishni keyinga qoldirdi

Sud Aqto‘beda yongan avtobus bo‘yicha ishni ko‘rib chiqishni keyinga qoldirdi


Qozog‘iston g‘arbida o‘zbekistonlik 52 kishining halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan avtobusdagi yong‘in bo‘yicha jinoiy ishni sudda ko‘rib chiqish noma’lum muddatga qoldirildi. Bu haqda Aqto‘be viloyat sudi vakiliga tayanib, “RIA Novosti” ma’lum qildi.

Mazkur ish 7-avgust kuni Irgiz tuman sudida ko‘rilishi belgilangan edi.

“Hozircha sud ishi qoldirildi. Ular (ayblanuvchilarning himoyachilari ) sud ishini Aqto‘bega ko‘chirishmoqchi”, - dedi agentlik suhbatdoshi.

Uning aytishicha, Irgiz qishlog‘ida advokatlarning yashashlari uchun sharoitlar mavjud emas.

Haydovchilar Barat Tanatarov, Nurjan Kirgizbayev va Maksat Pernebekov yong‘in xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslikda ayblanib, hibsga olingan edi. Keyinchalik haydovchilar bilan birga ayblanuvchilar qatoriga mexanik Bahodir Berdibayev va avtobus firmasi direktori Nurlibek Telepbayev ham qo‘shildi.

Haydovchilardan ikki nafari – Nurjan Kirgizbayev va Maksat Pernebekov o‘z ayblarini qisman tan oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2018, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют