» » Toshkentda bir ayol va ikki mashinani urib, qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda

Toshkentda bir ayol va ikki mashinani urib, qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda


Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 7-avgust kuni soat 22:40 atrofida noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomobilni Bodomzor ko‘chasida joylashgan “Saltanat” kafesi qarshisida haydab ketayotib, YTH sodir etdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

U yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyoda, Yunusobod tumanida yashovchi M.A. ismli ayolni urib yuborgan. Shuningdek, Spark rusumli ikki mashina bilan to‘qnashuv sodir etib, voqea joyidan qochib ketgan.

Piyoda M.A. jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan. Hozirda ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan noma’lum haydovchini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan.

IIV ushbu hodisaga guvoh bo‘lganlardan ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlari yoki 102 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishni so‘ragan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2018, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют