» » Okinavada o‘n minglab odamlar AQSh aviabazasiga qarshi norozilik namoyishiga chiqdi

Okinavada o‘n minglab odamlar AQSh aviabazasiga qarshi norozilik namoyishiga chiqdi


Okinavada 70 ming aholi AQSh aviabazasining orolning bir joyidan ikkinchi joyiga ko‘chirilishiga qarshi norozilik namoyishiga chiqdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Namoyish ishtirokchilari markaziy hukumatni harbiy bazani ko‘chirish qaroridan qaytishga chaqiruvchi bayonot qabul qildi. Namoyishchilarning fikricha, amerikalik harbiylar orolning bir joyidan ikkinchi joyiga ko‘chishlari emas, balki oroldan butunlay ketishlari lozim.

Norozilik namoyishi qatnashchilari chorshanba kuni saratondan vafot etgan Okinavaning sobiq gubernatori Takeshi Onagani ham xotirlagan. Onaga faoliyati davomida AQShning Futemma bazasini Okinavadan olib chiqishni talab qilib kelgan, biroq bu Yaponiya hukmatining AQSh bilan majburiyatlariga zid edi.

Qayd etish joiz, norozilik namoyishida Okinavaning amaldagi gubernatori o‘rinbosari Kiichiro Yaxana ham qatnashgan. U Futemma harbiy bazasini prefektura hududidan chiqarish yo‘lidagi kurashni davom ettirishini ma’lum qilgan.

Okinava Yaponiya hududining 0,6 foizini tashkil etadi, biroq Yaponiyadagi Amerika harbiy obyektlarining 74 foizi va mamlakatdagi AQSh harbiy xizmatchilarining yarmidan ortig‘i shu orolda joylashgan. Prefektura ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, Okinavada 26 ming amerikalik harbiy xizmatchi va ularning 19 mingdan ortiq oila a’zolari, yaqinlari istiqomat qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2018, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют