» » Andijondagi chegara postida ayollar bilakuzugi taqqan erkak qo‘lga tushdi

Andijondagi chegara postida ayollar bilakuzugi taqqan erkak qo‘lga tushdi


Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Do‘stlik” chegara bojxona posti hamda boshqarmaning Kontrabanda va bojxona qoidalari buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan tilla va zargarlik buyumlarining noqonuniy harakatlanishiga doir navbatdagi huquqbuzarlik fosh etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, mazkur postning chiqish piyoda yo‘lagi orqali Qirg‘izistonga chiqib ketayotgan qo‘shni davlat fuqarosi X.Yo. belgilangan tartibda xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Natijada, ushbu shaxs yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ham ma’lum qilinmagan umumiy og‘irligi 129,27 grammni tashkil etuvchi sariq rangli metalldan yasalgan zargarlik buyumlarini bojxona nazoratidan yashirgan holda olib o‘tmoqchi bo‘lganligi ma’lum bo‘lgan.

“Boz ustiga qonunbuzar 2 juft ayollar bilakuzugini o‘ng va chap bilagiga ustma-ust holatda taqib olganligi ham nafs qutqusi bu fuqaroning ko‘zini ko‘r qilib qo‘yganini anglatadi”, deyiladi O‘zA axborotida.

O‘zbekiston Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining xulosasiga ko‘ra, ushbu ayollar taqinchoqlari tilla buyumlari deb topilgan va ularning umumiy qiymati 25 854 000 so‘mni tashkil etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2018, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют