» » Buxorolik Julyetta 7 kishini 9 ming dollarga tushirdi

Buxorolik Julyetta 7 kishini 9 ming dollarga tushirdi


Ichki ishlar organlariga Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi fuqaro, 61 yoshli Ra’no D.dan ariza kelib tushdi. Bu haqda shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

U o‘z murojaatida Julyetta X.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan. Ma’lum bo‘lishicha, Julyetta Ra’noning o‘g‘lini Janubiy Koreyadagi avtozavodlardan biriga ishga joylab qo‘yish evaziga 1500 dollarni olib, va’dasini bajarmagan.

Tergov ishlari davomida asli Buxoro viloyatida yashovchi 55 yoshli Julyetta hech qayerda ishlamasligi va fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish vakolati yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, u Ra’nodan olgan pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini tan olgan.

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan gumonlanuvchining xuddi shu turdagi yana boshqa jinoyatlarga ham aloqasi borligi aniqlandi. Jumladan, Julyettaga ishongan yana olti kishi hozirda ariza bilan ichki ishlar organlariga murojaat qilgan.

Jabrlanganlar orasida Toshkent shahridan tashqari, Navoiy va Buxoro viloyatida yashovchi fuqarolar ham bor. Gumonlanuvchidan ko‘rilgan zararning umumiy miqdori 9 ming AQSh dollarini tashkil etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2018, 00:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют