» » Panasonic oyoq kiyimlardagi barcha yoqimsiz hidlarni 5 soatda yo‘q qiladigan qurilma yaratdi

Panasonic oyoq kiyimlardagi barcha yoqimsiz hidlarni 5 soatda yo‘q qiladigan qurilma yaratdi


Panasonic kompaniyasi oyoq kiyimlardagi hidlarni yo‘q qiladigan MS-D100 qurilmasini yaratdi. Qurilmani Yaponiyada sotishga hozirlik ko‘rilmoqda. Mamlakatda tananing yoqimsiz hidi jamiyat tomonidan qoralanadi, deb yozmoqda TJournal.

Qurilma ishlashi uchun uni oyoq kiyimning yuqori qismidan mahkamlash va shu holatda tanlangan rejimga bog‘liq ravishda besh yoki yetti soat qoldirish kerak. MS-D100 oyoq kiyimga havoning ionlashtirilgan birliklarini jo‘natadi, ular material orasiga kirib, hidni tozalaydi.

Kompaniya tomonidan ma’lum qilinishicha, qurilma uzoq rejim hiddan alohida tashvishlanadiganlar uchun mo‘ljallangan. U Yaponiyada 20-sentabrda paydo bo‘ladi, biroq qurilmaning narxi hozircha noma’lum.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2018, 05:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют