» » Sirdaryoda qilmishiga pushaymon bo‘lgan qidiruvdagi shaxslarga imkoniyat berilmoqda

Sirdaryoda qilmishiga pushaymon bo‘lgan qidiruvdagi shaxslarga imkoniyat berilmoqda


Sirdaryoda qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan qidiruvdagi shaxslarga nisbatan imkoniyat berilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, Jinoyat kodeksining 122-moddasi bilan qidiruvda bo‘lgan S.Hasanov, Jinoyat kodeksining 154, 244-moddalari bilan qidiruvda bo‘lgan M.Usmonov, Jinoyat kodeksining 227-moddasi bilan qidiruvda bo‘lgan Sh.Nurmatov o‘z qilmishidan pushaymon bo‘lib, qonun oldida bosh egib kelganligi uchun ularga nisbatan qo‘llanilgan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi o‘zgartirilib, ozodlikda qoldirildi.

Sirdaryo viloyati IIB tomonidan jinoyat sodir qilib qidirilayotgan shaxslarning oila a’zolari o‘rtasida tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Unda qidiruvda bo‘lgan shaxslar aybiga iqror bo‘lgan taqdirda yengilliklar yaratilishi, to‘g‘ri yo‘lga kirishi uchun imkoniyat berilishi tushuntirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2018, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют