» » AQShning Janubiy va Markaziy Osiyodagi savdo ishlari bo‘yicha vakili yordamchisi Toshkentga tashrif buyuradi

AQShning Janubiy va Markaziy Osiyodagi savdo ishlari bo‘yicha vakili yordamchisi Toshkentga tashrif buyuradi


15—16-avgust kunlari AQShning Janubiy va Markaziy Osiyodagi savdo ishlari bo‘yicha vakili yordamchisi Mark Linskott, Savdo siyosati va iqtisodiyot bo‘yicha yordamchi Edvard Gresser hamda Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchi o‘rinbosari Zeba Reyazuddin Toshkentga tashrif buyuradi. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ular O‘zbekiston hukumati mulozimlari bilan AQShning savdoga oid yagona imtiyozlar tizimi dasturidan foydalanishni davom ettirish uchun qo‘yiladigan talablar va O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) qo‘shilish jarayonini muhokama qiladi.

Muzokaralar chog‘ida intellektual mulk huquqlarini muhofaza qilishning roli va xalqaro andozalarga muvofiq ravishda majburiy mehnatni bartaraf etish masalalari ko‘rilib, bular AQShning savdoga oid yagona imtiyozlar tizimi dasturini davom ettirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

AQSh Savdo vakili idorasi Qo‘shma Shtatlarning savdoga oid siyosatini rivojlantirish va bu borada AQSh Prezidentiga tavsiyalar berish, savdo masalalari bo‘yicha ikki va ko‘p tomonlama muzokaralar olib borish hamda Amerika hukumatining savdo-sotiqqa oid siyosatini muvofiqlashtirishga mas’ul hukumat agentligi hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2018, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют