» » O‘zbekistonda bug‘doydan bo‘shagan maydonlarga ekilgan g‘o‘za gulladi

O‘zbekistonda bug‘doydan bo‘shagan maydonlarga ekilgan g‘o‘za gulladi


Aprel oyi ayni chigit ekiladigan palla sanaladi. G‘o‘za yetishtirishning necha asrlik agrotexnikasi shuni talab qiladi. Biroq endi bu tamoyillar-u tartib-qoidalarga ham o‘zgartirish kiritilmoqda. Ko‘klam mehnati bilan ko‘rkamligicha qolib, maydonlarga bug‘doy ekilyapti, ana undan bo‘shagan yerlarda esa paxta yetishtirish masalasi ustida olimlarimiz va fermerlarimiz tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda. Bu haqda “Xabar.uz” Innovatsiya vazirligi matbuot xizmatiga tayanib ma’lum qiladi.

G‘o‘zadan erta, sifatli va yuqori hosil olish paxtachilikning eng asosiy maqsadi. Shu boisdan olimlardan ertapishar, hosildor va yuqori sifatli tolaga ega g‘o‘za navlarini yaratish talab etiladi. Ushbu talablardan kelib chiqib, yurtimiz olimlari tomonidan bir qancha tadqiqotlar olib borilgan va natijada tezpishar, hosildor va ayniqsa tola sifati yuqori bo‘lgan ko‘plab g‘o‘za navlari yaratilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi olimlari tomonidan so‘ngi yillarda amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida “genlarning faoliyatini susaytirib qo‘yish” hamda “genom seleksiyasi” texnologiyalarini qo‘llab tez pishar, hosildor va tola sifati o‘ta yuqori “Porloq” va “Ravnaq” navlar seriyasi yaratildi.

G‘o‘za hosilining pishib yetilishi uchun umumiy hisobda 100-140 kun talab etilganligi bois bir yilda bir marta ekib, hosil olinadi. G‘o‘za mamlakatimiz iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, asosan mart va aprel oylarida ekiladi hamda sentabr, oktabr va hattoki noyabr oylarida ham hosil yig‘ib olinadi.

Mamlakatimiz olim va dehqonlari tomonidan bug‘doydan bo‘shagan yerlarda ham g‘o‘zani parvarishlash borasida bir qancha tadqiqotlar va sinovlar olib bormoqdalar.

Joriy yilda Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi tashabbuskor fermer xo‘jaliklari xususan, “Abdurahmon Furqat kelajagi” hamda “Laziz fayz” tomonidan bug‘doydan bo‘shagan maydonlarga “Porloq-3” g‘o‘za navi ekildi. Bug‘doy yig‘ishtirib olingandan keyin, ya’ni iyun oyining oxirida ekilgan g‘o‘za avgust oyining boshidayoq 4-5 ta gullar ko‘sagi aniqlangan.

Ushbu nav xususiyatiga ko‘ra gullashga kirganidan so‘ng o‘rtacha 40 kunda paxta hosili pishib yetiladi. Bu esa, sentabr oyining oxiri va oktabr oyining boshiga borib paxta hosili yetilib pishishi va uni yig‘ishtirib olish mumkinligidan dalolat beradi. Natijada, fermerlarimiz bug‘doydan bo‘shagan yerlarda ham paxta yetishtirib, daromad olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2018, 17:26)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют