» » Qozog‘istonning O‘zbekiston bilan chegarasida yuk mashinalarining 7 kmga cho‘zilgan navbati paydo bo‘ldi (video)

Qozog‘istonning O‘zbekiston bilan chegarasida yuk mashinalarining 7 kmga cho‘zilgan navbati paydo bo‘ldi (video)


Qozog‘istonning O‘zbekiston bilan chegarasida bir necha kilometrga cho‘zilgan yuk mashinalari qatori paydo bo‘ldi. Bu haqda Tengrinews xabar bermoqda.

Jurnalist Anna Sharovalovaga ko‘ra, 15-avgust kuni ham chegarada katta tirbandlik kuzatilgan.

“Haydovchilar bu yerda 2 kundan 6 kungacha vaqt yo‘qotmoqda. Bu holat bir necha yildan beri kuzatilmoqda. Tun bo‘yi 100 dan ortiq mashina 1 kilometr yo‘l bosgan, xolos. Navbat 7 kilometrdan ko‘proqqa cho‘zilgan. Shunisi ham borki, O‘zbekistondan mashinalar Qozog‘istonga tezroq qo‘yib yuborilmoqda”, — deydi Anna Sharovalova.

Jurnalistning ta’kidlashicha, mahsulotlar orasida tez buziladiganlari ham bor. Bir necha kunlik kutish tufayli suv yetishmasligi katta muammoga aylangan. Bu 40 darajali jaziramada yuz berayotgan holat.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2018, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют