» » Oliy Majlis Senatida AQSh Savdo vakili ofisi delegatsiyasi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Oliy Majlis Senatida AQSh Savdo vakili ofisi delegatsiyasi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida 15-avgust kuni AQShning Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha savdo vakili yordamchisi M. Linskott rahbarligidagi AQSh Savdo vakili ofisi delegatsiyasi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb yozadi O‘zA.

O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasida savdo munosabatlarida imkon qadar qulaylik yaratish tartibi amal qilmoqda. 2018-yil birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra, mamlakatlar tovar aylanmasi 256 million AQSh dollaridan ziyodni tashkil qilgan.

Uchrashuvda O‘zbekistonga savdo imtiyozlarini taqdim etish borasida intellektual mulk huquqlarini himoya qilish va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha mamlakat qator yutuqlarga erishayotgani qayd etildi. AQSh tomoni O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekani alohida ta’kidladi.

M. Linskott Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida O‘zbekiston rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qo‘ygani, bu o‘zaro sheriklik va manfaatli hamkorlikni rivojlantirishda yangi sahifa ochganini alohida qayd etdi.

Mehmonlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.Qo‘chqorov bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida ikki mamlakat hamkorligining joriy holati va istiqbollari, hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Delegatsiya a’zolari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, iqtisodiyotni liberallashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasidagi ishlarni yuqori baholadi. Mamlakat iqtisodiy sektorida kuzatilayotgan faollik, xorij kapitalini jalb qilishga qaratilgan turli forumlarning tashkil etilayotgani bunga imkon bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligida o‘tkazilgan muzokarada delegatsiya a’zolariga O‘zbekistonda investitsiyaviy muhitni yaxshilash borasidagi chora-tadbirlar ijrosi haqida so‘zlab berildi. O‘tishi kutilayotgan Markaziy Osiyo savdo forumi va O‘zbekiston-AQSh biznes-forumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

AQSh delegatsiyasi shu kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Intellektual mulk agentligida ham muzokaralar o‘tkazdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2018, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют