» » Harbiy okruglarda “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni”ga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilmoqda (foto)

Harbiy okruglarda “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni”ga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilmoqda (foto)


Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni”ga bag‘ishlangan yig‘ilishlar o‘tkazilmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Respublikaning barcha viloyatlarida O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi 3898-sonli qarorning mazmun-mohiyatini barchaga yetkazishga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Xususan, 16-avgust kuni Toshkent shahar hokimligida ushbu qarorning ijrosini ta’minlash borasida Toshkent shahar hududiy komissiyasining muvofiqlashtiruvchi yig‘ilishi o‘tkazildi. Tadbirni Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Azizbek Ikramov kirish so‘zi bilan ochib, ushbu qarorning maqsad va vazifalari xususida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan yig‘ilishda Mudofaa vazirligi harbiy vatanparvarlik va ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Xusan Botirov, Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari — viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Maqsuda Mustafoyeva, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘mondonligi, Qurolli Kuchlar Akademiyasi sikl boshlig‘i polkovnik Zayniddin Suyarov, shuningdek, IIV, Milliy Gvardiya qo‘shinlari qo‘mondonligi vakillari ishtirok etib, ma’ruza qildi.

Tadbir ishtirokchilariga yuqoridagi qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida haftaning har juma kuni “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” etib belgilanganligi va bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarga oid asosiy masalalar haqida batafsil ma’lumot va tavsiyalar berildi, oldinga qo‘yilgan maqsadlar muhokama qilindi.

Bugun, 17-avgust kuni Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Chirchiq shahar hokimligi, respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi xodimlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Chirchiq shahar kengashi faollari, Qurolli Kuchlar faxriylari, shahardagi maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari, o‘quvchi-yoshlar, mahalla fuqarolari ishtirok etdi.

Qurolli Kuchlar ashula va raqs ansambli xonandalari hamda “Turon” teatr-studiyasi aktyorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar konsert dasturiga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2018, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют