» » O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda


O‘zbekiston Mustaqilligining 27 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish hamda Qurbon hayiti bayramini munosib nishonlash maqsadida tashkil etilgan umuxalq xayriya hasharida o‘zbekistonliklar faol qatnashmoqda, deb yozadi O‘zA.

18—19-avgustga belgilangan hashar kunlari mahallalardagi 37 ming gektarga yaqin maydonni obodonlashtirish, 24 ming kilometrdan ziyod uzunlikdagi ariq va lotoklarni tozalash, 8 mingdan ortiq qabriston hamda 760 tadan ziyod ziyoratgoh va qadamjolarni obodonlashtirib, tartibga keltirish, 10 milliontaga yaqin daraxtlarni oqlash, butash, maishiy chiqindilarni maxsus joylarga tashib chiqarish ko‘zda tutilgan.

“Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin!” aksiyasi o‘tkazilib, 17 mingdan ortiq kam ta’minlangan oilalarning 250 ming metr kvadratga yaqin uy-joyini hashar yo‘li bilan ta’mirlash, 20 mingdan ziyod ehtiyojmand oilalarga, shundan 11 ming nafardan ortiq nogiron va yolg‘iz qariyaning, ming nafardan ziyod urush va mehnat fronti faxriylarining holidan xabar olib, ularga moddiy yordamlar ko‘rsatish nazarda tutilgan.

Tadbirlarni amalga oshirish ishlarida 17 million nafardan ziyod fuqaroning ishtiroki rejalashtirilmoqda. Shulardan 9 millionga yaqinini yoshlar tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2018, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 32) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют