» » O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari boshlandi

O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari boshlandi


O‘zbekistonning barcha hududlari, qishloqlar, mahallalar, korxona va tashkilotlarda 18—19-mart kunlariga belgilangan umumxalq xayriya hashari boshlandi. Erta tongdan barcha hamjihatlikda obodonlik ishlariga kirishdi, deya xabar beradi O‘zA.

Hashar kunlari 44 ming gektarga yaqin maydonni obodonlashtirish va tozalash, 27 ming kilometrga yaqin uzunlikdagi ariq va lotoklarni tozalash, 8 mingdan ortiq qabriston, 760 dan ziyod ziyoratgoh va qadamjolarni obodonlashtirish, 18 millionga yaqin daraxtni oqlash va shakl berish rejalashtirilgan.

12 millionga yaqin manzarali, 10 milliondan ortiq mevali ko‘chat, 14 milliondan ortiq gul ko‘chati o‘tqaziladi.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga beminnat muruvvat yordamlari ko‘rsatish bo‘yicha qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Kam ta’minlangan oilaning uy-joylarini hashar yo‘li bilan ta’mirlash va tartibga keltirish, ehtiyojmand oila, nogiron va yolg‘iz qariyalar, urush va mehnat fronti faxriylari holidan xabar olish, ularga moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Hashar kunlari o‘z ish joyida mehnat faoliyatini davom ettirgan har bir korxona, muassasa, tashkilotlar xodimlari ham umumxalq xayriya hashariga o‘z ulushini qo‘shmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2018, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 104) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют