» » Kriket bo‘yicha Pokiston termasi sobiq sardori mamlakat bosh vaziriga aylandi

Kriket bo‘yicha Pokiston termasi sobiq sardori mamlakat bosh vaziriga aylandi


Pokistonning “Adolat uchun harakat” partiyasi rahbari Imron Xon mamlakatning 22-bosh vaziri sifatida qasamyod keltirdi. “Kommersant”ning xabar berishicha, Pokiston prezidenti Mamnun Husayn poytaxt Islomoboddagi qarorgohida Xonning qasamyodini qabul qilgan.

Imron Xon o‘z tarixida birinchi va hozircha oxirgi marta 1992-yili jahon chempioni bo‘lgan kriket bo‘yicha Pokiston terma jamoasining sardori sifatida shuhrat qozongan.

25 iyul kuni uning partiyasi Milliy assambleyadagi 272 o‘rindan 115 tasini egalladi, 17 avgust kuni esa Xon 272 deputatdan 176 nafarining ovozini olib, bosh vazir bo‘ldi.

Bosh vazirlikka Imron Xon nomzodini uning “Adolat uchun harakat” partiyasidan tashqari Belujiston xalq partiyasi va boshqa bir qator mustaqil deputatlar ham qo‘llab-quvvatladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2018, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 115) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют