» » Sirdaryoda umumxalq hasharining birinchi kunida 180 mindan ziyod fuqaro qatnashdi

Sirdaryoda umumxalq hasharining birinchi kunida 180 mindan ziyod fuqaro qatnashdi


O‘zbekiston Mustaqilligining 27 yilligi va Qurbon Hayiti arafasida tashkil etilgan umumxalq hasharida Sirdaryo viloyatining ham yoshu keksa fuqarolari faol ishtirok etib, joylarda yirik hajmdagi obodonlashtirish-tozalash ishlarini amalga oshirmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Umumxalq hasharining birinchi kunida viloyatdagi korxona, tashkilot, muassasa va mahallalardan 180 687 nafar fuqaro ishtirok etdi. Ularning 126 703 nafari yoshlardir.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi ma’lumotlariga ko‘ra, viloyat bo‘yicha 440 gektardan ziyod yer maydoni obodonlashtirildi, 382 kilometrdan ortiq ariq, lotok va zovurlar tozalandi, 1 127 tonna maishiy, sanoat va qurilish chiqindilari chiqarib tashlandi, bu ishlarni bajarish uchun 410 dan ziyod texnika vositalari jalb etildi.

Hasharchilar 155 dan ziyod qabriston tozaladi, 76 957 ta mevali va manzarali daraxtlarga shakl berilib, taglari oqlandi. Viloyat bo‘yicha 201 oilaning 3 127 kvadrat metr hajmdagi uy-joylari hashar yo‘li bilan ta’mirlab, oqlab, suvab berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2018, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют