» » A Seriya. Ronalduning debyut o‘yinida “Yuventus”dan irodali g‘alaba, Anchelotti “Napoli” bilan 1-o‘yinida yutuqqa erishdi (video)

A Seriya. Ronalduning debyut o‘yinida “Yuventus”dan irodali g‘alaba, Anchelotti “Napoli” bilan 1-o‘yinida yutuqqa erishdi (video)


Kecha, 18-avgust sanasida Italiya A Seriyasining birinchi tur bahslari boshlandi. Tur doirasida ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, Turinning “Yuventus” jamaosi “Kyevo” mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuvda hisob 3-daqiqada Sami Xedira tomonidan ochildi. Shundan so‘ng mezbonlar safida Mariush Stempinski (38-daqiqa) hamda Emmanuel Jakkerini (56-daqiqa) gol urib, jamaosini hisobda oldinga o‘tib olishini ta’minladi. 75-daqiqada Bani o‘z darvozasini ishg‘ol etib, “Yuve”ga yordam berib qo‘ygan bo‘lsa, Federiko Bernardeskining 90-daqiqda kiritgan goli turinliklarga o‘ta qiyin g‘alabani taqdim etdi. O‘yinda “Real”dan “Yuventus”ga o‘tgan besh karra “Oltin to‘p” sohibi Krishtianu Ronaldu to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi.

Karlo Anchelotti qo‘l ostidagi rasmiy birinchi o‘yinda “Napoli” esa Rimda “Latsio” mehmoni bo‘lib, 1:2 hisobidagi g‘alabani tantana qildi. “Latsio” tarkibida Chiro Immobile to‘p kiritgan bo‘lsa, unga neapolliklardan Arkadiush Milik hamda Lorenso Insinye o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishga erishdi.

Bugun 1-tur uchrashuvlari davom ettiriladi.

A Seriya

1-tur bellashuvlari

18-avgust, shanba

Gollar: 0:1 – 3 Xedira, 1:1 – 38 Stempinski, 2:1 – 56, penalti Jakkerini, 2:2 –75, avtogol Bani, 2:3 – 90 Bernardeski.

Gollar: 1: 0 - 25 Immobile, 1: 1 - 45 Milik, 1: 2 - 59 Insinye.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2018, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют