» » Toshkentda Spark’ning o‘z yo‘lini keskin o‘zgartirishi avtobusning halokatiga sabab bo‘ldi

Toshkentda Spark’ning o‘z yo‘lini keskin o‘zgartirishi avtobusning halokatiga sabab bo‘ldi


Toshkent shahrida 148-yo‘nalishdagi avtobusning YTHga uchrashiga va simyog‘ochga borib urilishiga Spark avtomobili haydovchisining harakatlari sabab bo‘ldi. Haydovchi avtomobilni keskin ravishda o‘ngga burgan. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” kompaniyasiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

YTH 20-avgust kuni soat taxminan 12:20 da Yunusobod tumanida Alisher Navoiy va Sharof Rashidov ko‘chalari kesishuvida, “Turkiston” san’at saroyi qarshisida yuz bergan. Oqibatda bir necha yo‘lovchi jabrlangan, ularga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Jomiy—Tuzel yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan davlat raqami 10 105 NBA bo‘lgan Isuzu avtobusi 29 yoshli Mahammadjon E. boshqaruvida bo‘lgan.

Yo‘l chetida bo‘lgan taksi haydovchilari va avtobus yo‘lovchilari yordamida Spark avtomobili davlat raqamining bir qismini aniqlashga muvaffaq bo‘lingan. Ayni paytda IIV YHXBB oq rangli hudud raqami 85 bo‘lgan Spark avtomobilini izlamoqda.

Hodisa guvohlaridan +998935905859 raqami orqali “Toshshahartransxizmat” kompaniyasiga yoki 102 raqami orqali IIV YHXBBga murojaat qilish so‘ralmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2018, 23:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют