» » 125 kg vaznli erkin kurashchi Davit? Modzmanashvili? Osiyo o‘yinlari—2018 ning bronza medali sohibi bo‘ldi

125 kg vaznli erkin kurashchi Davit? Modzmanashvili? Osiyo o‘yinlari—2018 ning bronza medali sohibi bo‘ldi


Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi uchun navbatdagi medal ham qo‘lga kiritildi.

-125 kg vazn toifasida bahslarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Davit Modzmanashvili musobaqa davomida Indoneziya, Mo‘g‘uliston vakillarini mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga yo‘l oldi. Final chiptasi uchun kechgan bahsda esa eronlik kuchli raqibga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bronza medali uchun o‘tkazilgan jangda esa hindistonlik raqibi ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, sovrindorlar qatoridan joy egalladi.

Ushbu medal O‘zbekiston sport delegatsiyasi uchun mazkur Osiyo o‘yinlaridagi yettinchisi bo‘ldi. Ayni paytda o‘zbekistonlik sportchilar tomonidan 1 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medali qo‘lga kiritilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2018, 05:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют