» » OAV: AQShda Trampning kortejiga tosh otilishi bilan bog‘liq hodisa tekshirilmoqda

OAV: AQShda Trampning kortejiga tosh otilishi bilan bog‘liq hodisa tekshirilmoqda


Maxfiy xizmat Floridada prezident kortejiga qarata noma’lum buyum otilishi bilan bog‘liq hodisani tekshirmoqda, deb yozadi “RIA Novosti” mahalliy OAVlarga tayanib.

“Maxfiy xizmat kunning ikkinchi yarmida kortejga allaqanday predmet otilganini tasdiqlaydi. Biz tekshirmoqdamiz va hozircha ma’lumot bera olmaymiz”, — dedi maxfiy xizmat vakili jurnalistlarga.

17-fevral, juma kuni AQSh prezidenti Donald Tramp dam olish kunlarini o‘zining Mar-a-Lago qarorgohida o‘tkazish uchun Floridaga kelgan edi. OAVlar xabariga ko‘ra, Palm-Bich aeroportidan Mar-a-Lagoga harakatlanayotgan prezident kortejiga tosh yoki qandaydir boshqa narsa uloqtirilgan. ABC telekanali xabar berishicha, kortejga tosh otilgan, biroq u prezident avtomobiliga emas, boshqa mashinaga borib tekkan.

Опубликовано: admin (18-02-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют