» » TATU Maxsus fakulteti va Mudofaa vazirligi aloqa boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi

TATU Maxsus fakulteti va Mudofaa vazirligi aloqa boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi


O‘zbekiston mudofaa vaziri Abdusalom Azizovning buyrug‘iga ko‘ra, Xakim Muhitdinov Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Maxsus fakulteti boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi, shu bilan birga u universitet prorektori lavozimini ham egalladi. Bu haqda mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xakim Muhitdinov 1960-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent. Mehnat faoliyatini Respublika markaziy telegrafi muhandisi sifatida boshlagan bo‘lib, turli yillarda “Xalqaro telekom” AK, “O‘zbektelekom” AK rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2015—2017-yillar davomida Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga rektorlik qilgan. 2017-yildan 2018-yilning avgustiga qadar “O‘zbektelekom” AK filialining direktori lavozimida ishlagan.

Shuningdek, mudofaa vazirining buyrug‘i bilan Ag‘zam Izbosarov O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Aloqa boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

Ag‘zam Izbosarov 1962-yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan. Texnika fanlari nomzodi. Mehnat faoliyati davomida “Xalqaro telekom” OAJ direktori o‘rinbosari, “Xalqaro aloqa uzeli” OAJ bosh direktori o‘rinbosari, “Pochta va telekommunikatsiya” agentligi direktori o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

2016—2017-yillarda “Sanray Solyutions” kompaniyasi raisi, 2017—2018-yillarda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiyasi rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Shu bilan birga O‘zbekiston mudofaa vazirining buyrug‘i bilan har ikki yangi rahbarga mayor harbiy unvoni berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2018, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 95) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют