» » Arenada svet ketib qolgani uchun Samarqandda boshlangan futzal uchrashuvi Toshkentda yakuniga yetadi

Arenada svet ketib qolgani uchun Samarqandda boshlangan futzal uchrashuvi Toshkentda yakuniga yetadi


Futzal bo‘yicha O‘zbekiston XXI chempionatining 4-turida qiziqarli voqea kuzatildi. Bu haqda O‘zbekiston futzal assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Samarqand mezbonlik qilayotgan turnirda “Lokomotiv” va “Metallurg” futzalchilari o‘zaro kurash olib borayotgan bo‘lib, unda “Metallurg” 2:0 hisobida oldinda borayotgandi. Biroq to‘qnashuvning ikkinchi bo‘limini davom ettirishning imkoni bo‘lmadi.

Xabar qilinishicha, Samarqanddagi arenada elektr quvvati uzilib qolgan. O‘z-o‘zidan futzalchilar bir-birlarini ham, to‘pni ham ko‘rish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan.

Musobaqa tartib-intizom qo‘mitasi o‘yinni Toshkentda davom ettirish borasida qaror chiqardi. Bunda “Metallurg” va “Lokomotiv” sportchilari svet kelishini qancha kutgani masalasiga aniqlik kiritilmagan.

Опубликовано: admin (19-02-2017, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 117) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют