» » O‘zbekistonning uchta muzeyida renovatsiya eksperimental dasturi amalga oshiriladi

O‘zbekistonning uchta muzeyida renovatsiya eksperimental dasturi amalga oshiriladi


26-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston prezidentining qarori qabul qilindi. Hujjat matni O‘zAda chop etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi), Moliya vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligining quyidagilarni nazarda tutuvchi Muzeylar renovatsiya dasturini (keyingi o‘rinlarda – Renovatsiya dasturi) eksperiment tarzida amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda:

muzeylar budjetining kamida 30 foizini tadbirkorlik faoliyatidan tushadigan mablag‘lar hisobidan, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish orqali, shuningdek, muzeylar budjetining kamida 15 foizini xayriya mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishga bosqichma-bosqich o‘tishni nazarda tutuvchi o‘zini o‘zi ta’minlash prinsipiga asoslangan muzeylarni moliyalashtirish modelini joriy etish;

muzeylar infratuzilmasini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish orqali ko‘rsatiladigan xizmatlarning interaktivligini oshirish, shu jumladan “smart”-texnologiyalarni (axborot do‘konchalari, 3D vizualizatsiya va gologramma, QR-kodlar, chet tillaridagi elektron gidlar va hokazolarni) joriy etish;

aholi, eng avvalo, yosh avlod uchun mo‘ljallangan, internet tarmog‘idan foydalangan holda, muzeylarning faoliyatiga innovatsion axborot texnologiyalari keng joriy etish va muzey eksponatlarining raqamli shakllarini yaratish orqali muzey eksponatlarini ko‘rish imkonini beradigan infratuzilmani yaratish, ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish uchun muzeylarning ma’muriy tuzilmasini takomillashtirish;

xodimlarni, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni eng yaxshi jahon amaliyotlariga muvofiq muzeylarning rahbar lavozimlariga ochiq tanlov asosida jalb qilish amaliyotini joriy etish;

mamlakatning madaniy-tarixiy merosini ommalashtirish va tanitish maqsadida muzeylarning ijtimoiy makonga to‘liq integratsiyalashuvini ta’minlash;

muzeylarda imkoniyatlari cheklangan shaxslar, keksa yoshdagi tashrif buyuruvchilar, maktabgacha yoshdagi bolalar va ularga hamrohlik qilayotgan shaxslarga xizmat ko‘rsatish va qulaylik yaratishning inklyuziv uslublaridan keng foydalanish;

muzeylarda akademik tadqiqotlarni, shu jumladan Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan grantlar ajratish orqali mahalliy va xorijiy tadqiqotchilarni jalb qilgan holda rivojlantirish.

Renovatsiya dasturi O‘zbekiston amaliy san’at muzeyi (Toshkent shahri), I.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat san’at muzeyi (Nukus shahri) va Oybekning uy-muzeyida (Toshkent shahri) amalga oshiriladi.

Renovatsiya dasturi Jamg‘arma, mahalliy hamda xorijiy donorlar va metsenatlar mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

Ikki oy muddatda “Metsenatlik faoliyati va madaniy homiylik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish kutilmoqda. Qonun loyihasida boshqalar qatorida quyidagilar nazarda tutiladi:

madaniyat va san’at muassasalariga, shu jumladan jismoniy shaxslarga yordam ko‘rsatuvchi metsenatlar va homiylarga soliq imtiyozlari (chegirmalar) taqdim etish uchun huquqiy asoslar yaratish;

soliq imtiyozlari (chegirmalar) olish huquqini saqlab qolgan holda madaniyat va san’at muassasalarini qo‘llab-quvvatlash shakllarini va uslublarini kengaytirish (muayyan ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, mol-mulk huquqini berish va hokazo);

madaniyat va san’at muassasalarini jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy uslublarini joriy etish;

metsenatlik va homiylik yordamini olayotganlarning hisob berish tizimini, shuningdek, ulardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni takomillashtirish.

Hujjat, shuningdek, madaniyat va san’at muassasalarida blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda Chipta operatsiyalarining yagona elektron tizimini (keyingi o‘rinlarda – ChOYaET) joriy etish va uning ishlash tartibini belgilashni ko‘zda tutadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2018, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют