» » Keniyada begemot timsoh hujumidan omon qolgan baliqchini o‘ldirdi

Keniyada begemot timsoh hujumidan omon qolgan baliqchini o‘ldirdi


Keniyada begemot timsohning hujumidan omon qolgan baliqchini o‘ldirdi, deb yozadi “Zakon.kz”.

23 yoshli Xamisi Omari baliq tutish uchun Viktoriya ko‘liga borgan. Taxminan o‘n daqiqadan keyin uning qayig‘iga urg‘ochi begemot hujum qilgan. Qayiqqa tekkan zarbadan Omari suvga tushib ketgan, jonivor esa uning hayotiga nuqta qo‘ygan.

Qayiqda yigitning sherigi ham bo‘lgan, ammo hujum shunchalik tezkorlik bilan yuz berganidan, u hech qanday yordam bera olmagan.

Begemot yaqinda farzandli bo‘lgani tufayli, bu yerda begonalar paydo bo‘lishiga tajovuzkorlik bilan munosabatda bo‘lganligi aytilmoqda.

Omariga o‘tgan yili xuddi shu joyda timsoh hujum qilgan, u omon qolgan, ammo uch oy kasalxonada yotishiga to‘g‘ri kelgan edi. U baliqchilikka endigina qaytgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2018, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют