» » Deputatlar davlat budjetining 2018-yil birinchi yarmidagi ijrosini ko‘rib chiqdi

Deputatlar davlat budjetining 2018-yil birinchi yarmidagi ijrosini ko‘rib chiqdi


27-avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2018-yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi yakunlarini ko‘rib chiqdi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziriligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu masala dastavval siyosiy partiyalar fraksiyalarining va O‘zbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhining, shuningdek, Qonunchilik palatasi mas’ul qo‘mitasining kengaytirilgan majlislarida muhokamalardan o‘tkazilgan edi.

Majlis avvalida deputatlar O‘zbekiston Prezidentining 22-avgustda qabul qilingan, davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining shakllanishi hamda ijrosi jarayonlarini takomillashtirishga, bunda aholining bevosita ishtirokini ta’minlashga qaratilgan “Budjet ma’lumotlarining ochiqligini va budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga alohida e’tibor qaratib, ushbu hujjat budjet ma’lumotlarining ochiqligi va shaffofligini yanada oshirishga, budjet mablag‘larining shakllanishi hamda sarflanishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Majlisda Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirish, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarini tubdan rivojlantirish bo‘yicha Prezident va hukumat tomonidan ertangi kun talablariga javob beradigan tizimli islohotlarning yuritilishi iqtisodiyotni yangi asosda tashkil etish, yanada erkinlashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, hududlarning xomashyo va resurs salohiyatidan oqilona foydalanish, faol investitsiya siyosati yuritish hamda biznes muhitini yaxshilashning keng imkoniyatlarini yaratib, 2018-yilning birinchi yarim yilligida makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini ta’minlash imkoniyatini yaratgani alohida qayd etildi.

Yig‘ilishda aholining turmush sharoitini yanada yaxshilash, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, arzonlashtirilgan uy-joylar qurish singari ijtimoiy ahamiyati yuqori bo‘lgan yirik loyihalarni amalga oshirish borasida Prezident tomonidan belgilangan vazifalarni bajarish davlat budjeti ijrosining ustuvor yo‘nalishlari bo‘lgani alohida e’tirof etildi. Jumladan, ta’lim sohasiga ijtimoiy xarajatlarning 52,2 foizi ajratilgani, sog‘liqni saqlash sohasiga Davlat budjetidan yo‘naltirilgan mablag‘lar miqdori 4 178,8 millisrd so‘mni tashkil etgani shuni ko‘rsatib turibdi.

Majlis yakunlariga ko‘ra, davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2018-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tasdiqlash haqida qaror qabul qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2018, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют