» » Pavel Durov: Telegram FXX bilan ma’lumotlarni bo‘lishmaydi

Pavel Durov: Telegram FXX bilan ma’lumotlarni bo‘lishmaydi


Telegram asoschisi Pavel Durov avvalroq paydo bo‘lgan, messenjerning sud qaroriga asosan terrorchilar haqidagi ma’lumotlarni maxsus xizmatlarga berishga tayyorligi haqidagi ma’lumotlarga izoh berdi. Bu haqda EADaily xabar qildi.

Durovning so‘zlariga ko‘ra, bu Federal xavfsizlik xizmatiga taalluqli emas. Kompaniya Rossiya maxsus xizmatlari bilan ma’lumotlar bo‘lishishga hozirlanmayapti.

Messenjer asoschisining aytishicha, kompaniya maxfiylik siyosatida sudning qaroriga asosan terrorchilarning IP manzillari va telefon raqamlarini maxsus xizmatlarga berish huquqini saqlab qolgan. Rossiyada Telegram’dan terrorchilarning telefon raqamlari va IP manzillari emas, umuman boshqa narsa — barcha foydalanuvchilarning xabarlariga kirishga ruxsat talab qilinmoqda.

Telegram Rossiyada qonundan tashqarida: har kuni xizmatga kirishni to‘sib qo‘yishga urinish yo‘lida yuzlab IP manzil bloklanmoqda. Shu munosabat bilan kompaniya Rossiya maxsus xizmatlaridan tushgan biror bir murojaatni ko‘rib chiqmayapti. Shuning uchun qarama-qarshilik davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2018, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют