» » London meri Trampning Buyuk Britaniyaga tashrifini rad etishga chaqirdi

London meri Trampning Buyuk Britaniyaga tashrifini rad etishga chaqirdi


London meri Sodiq Xon Buyuk Britaniya “shafqatsiz va sharmandali” harakatlarni amalga oshirayotgan AQSh prezidenti Donald Trampning tashrifini rad etishi kerakligini ta’kidladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Mamlakat parlamentida Trampning qirolicha Yelizaveta II taklifiga asoslangan Buyuk Britaniyaga tashrifi masalasi 20-fevral kuni ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan. Muhokama oldidan Sodiq Xon mazkur tashrif bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi.

Xususan, uning so‘zlariga ko‘ra, yetti mamlakat aholisiga AQShga kirishni vaqtincha taqiqlash hamda qochoqlarni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatish “AQSh prezidenti oldida qizil gilamni yoymaslik” uchun yetarlicha asos sanaladi.

Men Amerikani, amerikaliklarni yaxshi ko‘raman va ishonamanki, mamlakatlar o‘rtasidagi iliq munosabatlar — bu yaxshi… biror kim bilan do‘stlashsangiz, o‘rtada iliq munosabatlar bo‘lsa, fikrlaringiz turlicha bo‘lsa ham, albatta, do‘stlaringizni qo‘llab-quvvatlaysiz. Biroq ular nohaq bo‘lsa, siz bu haqda aytasiz.

Sodiq Xon, London meri

Ma’lum qilinishicha, AQShning avvalgi prezidentlari Buyuk Britaniya qirolichasidan taklifni uzoqroq muddat davomida kutgan. Jumladan, Buyuk Britaniyaga Barak Obama prezident bo‘lganidan 758 kun o‘tib, kichik Jorj Bush 978 kundan so‘ng taklif etilgan.

Tramp esa bor-yo‘g‘i yetti kundan so‘ng taklif etildi.

Опубликовано: admin (20-02-2017, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 101) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют