» » Eron va “Hizbulloh” ijtimoiy tarmoqlar orqali tashviqot qilmoqda

Eron va “Hizbulloh” ijtimoiy tarmoqlar orqali tashviqot qilmoqda


Eron hukumati o‘nlab saytlar va akkauntlar orqali davlat tashviqotini olib borishga va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilariga ta’sir o‘tkazishga urinmoqda. Reuters agentligi tomonidan aniqlanishicha, Eronning ta’sir hududi Facebook, Instagram, Twitter va YouTube’da joylashgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

O‘tgan haftada Facebook Eron va Rossiya bilan bog‘liq bo‘lgan 652 ta sahifani o‘chirib tashlagan. Shubhali sahifalar kiberxavfsizlikka ixtisoslashgan FireEye, shuningdek, ClearSky kompaniyalarining ma’lumotlari tufayli aniqlangan.

Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, Virtual OAVlar xalqaro ittifoqi (IUVM — International Union of Virtual Media) deb ataluvchi saytlar va akkauntlar tarmog‘i internetda Eronning davlat va hukumat tarafdori bo‘lgan nashrlari materiallarini tarqatadi. Bunda dastlabki manba yashiriladi. Dastlabki manbalar esa “Hizbulloh” guruhi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Iran Press nashri, FARS axborot agentligi va Al-Manar telekanali hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2018, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют