» » Toshkentda Savdo departamenti va qator bozorlar rahbarlari hibsga olindi

Toshkentda Savdo departamenti va qator bozorlar rahbarlari hibsga olindi


Bosh prokuratura Toshkent shahri Savdo, xizmat korsatish va xalq istemol tovarlari ishlab chiqarish departamenti hamda Bek topi va Orikzor bozorlari, Chorsu va Chilonzor buyum bozorlari, Eski jova, Yunusobod dehqon bozorlari va Sergeli avtobozori mutasaddi rahbarlariga nisbatan jinoiy ishni tergov qilmoqda. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi.

Bosh prokuraturaga kora, iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar sodir etgani uchun avgustda 7 ta bozor rahbarlariga nisbatan jinoiy ish qozgatilgan.

Ular, jumladan, quyidagilarda ayblanmoqda:

Sifatsiz mahsulotlarni sotib olish va ularning buzilishiga yol qoyish orqali davlatga 27,7 milliard somlik zarar yetkazish;

Bozorlar hududida pulli xizmatlarni korsatishdan tushgan 3 milliard somdan ortiq mablagni inkassatsiya qilmasdan ozlashtirish;

Aniqlashtirilmagan va noqonuniy qurilmalar (omborlar va yengil konstitutsiyalar) faoliyatidan tushgan 2 milliard somdan ortiq mablagni ozlashtirish;

Savdo nuqtalari faoliyatidan tushgan ijara tolovlarini topshirmaslik yoli bilan 1 milliard somdan ortiq davlat mablagini talon-taroj qilish;

Savdo nuqtalarini sotishda tadbirkorlardan 2 dan 5 ming dollargacha miqdoridagi noqonuniy mukofot pullarini olish.

Shu munosabat bilan Departament va bozorlar mutasaddi shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi boyicha ayblov elon qilindi. Ularga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qollanildi.

800 million somga yaqin zararni qoplagani uchun Yunusobod bozori rahbarlari O.Mustayev va B. Yusumov hamda 3,9 milliard somlik zararni qoplagan Toshkent oziq-ovqat zaxira DUK direktori R.Rasulovga nisbatan ozodlikdan mahrum etish bilan bogliq bolmagan ehtiyot chorasi qollanildi.

Tergov jarayoni davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
: admin (5-09-2018, 14:57)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 6) ( 0) ( 5) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -