» » O‘zbekiston va Misr Adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi

O‘zbekiston va Misr Adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi


Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi va Misr Arab Respublikasi Adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi “Daryo”ga xabar berdi.

Memorandumdan ko‘zlangan maqsad xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyil va me’yorlariga muvofiq huquqiy sohadagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek o‘zaro manfaatli hamkorlik va tajriba almashishni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Memorandumda tomonlar vazifa va funksiyalariga muvofiq adliya sohasida qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha tajriba almashish, muntazam ravishda yuridik adabiyotlar va nashrlar almashish, huquq sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, konferensiyalar, seminar va treninglar tashkil qilish va o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 2018-yil 4—5-sentabr kunlari Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh Said Husayn Xalil as-Sisi rasmiy tashrif bilan mamlakatga kelgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2018, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют