» » Olimlar Alyaskada 200 metrli sunami izlarini topdi

Olimlar Alyaskada 200 metrli sunami izlarini topdi


Vashington universiteti olimlari Alyaskada to‘lqinlari balandligi ikki yuz metrga yetgan gigant sunami izlarini topdi. Ularning tadqiqoti Scientific Reports jurnalida chop etildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Qayd etilishicha, sunami 2015-yilning 17-oktabrida Alyaska qirg‘oqlariga yopirilgan edi. Ushbu hududda aholi yashamaydi, shuning uchun tabiiy ofat oqibatida qurbonlar kuzatilmagan hamda deyarli sezilarsiz qolgan.

Sunamini Tindall muzligining erishi tufayli sodir bo‘lgan ko‘chki yuzaga keltirgan. Bunday sunamilar endilikda tez-tez yuz berishi mumkin. Sababi butun dunyo bo‘ylab muzliklar erimoqda. Alyaskadagi muzlik buning yaqqol isbotidir, deydi tadqiqot mualliflari.

Ular bunday sunamilar bugungi kunda Grenlandiya, Norvegiya va Patagoniya kabi mamlakatlarga xavf solmoqda, deb hisoblamoqda.

Sunami izlarini aniqlashga Alyaska sohillaridagi daraxt qoldiqlari, toshlar va tuproqni o‘rganish orqali erishildi.

Qayd etilishicha, ko‘chki massasi 180 million tonnani tashkil etgan, bu sunami esa ko‘lami jihatidan so‘nggi yuz yillikda kuzatilgan sunamilar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinni egallaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2018, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют