» » Toshkentda valyutafurushlar 22 ming dollar bilan qo‘lga tushdi

Toshkentda valyutafurushlar 22 ming dollar bilan qo‘lga tushdi


Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan chet el valyutasi savdosi bilan noqonuniy ravishda shug‘ullanib kelayotgan shaxslar fosh etildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Poytaxtning Chilonzor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 2 nafar fuqaro Lacetti avtomashinasi ichida 22 ming 600 AQSh dollarini 7950 so‘mdan hisoblab jami 179 million 600 ming so‘mga sotayotgan vaqtda tezkor xodimlar tomonidan qo‘lga olindi.

Tadbir davomida ashyoviy dalil sifatida olingan 22 ming 600 AQSh dollari mazkur holatga qonuniy baho berilgunga qadar vaqtincha saqlovga olindi hamda holat yuzasidan bayonnoma va boshqa protsessual hujjatlar rasmiylashtirildi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2018, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют