» » Turkiyalik investorlar Toshkentdan Samarqandgacha yangi magistral quradi: yo‘l 2 soat vaqt oladi

Turkiyalik investorlar Toshkentdan Samarqandgacha yangi magistral quradi: yo‘l 2 soat vaqt oladi


O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik asosida Toshkentdan Samarqandgacha yangi pulli yuqori tezlikdagi avtomobil trassasini qurish loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda, deb yozadi “Podrobno.uz”.

Shu maqsadda Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasida Cengiz — Kolin — Kalyon turk kompaniyalari konsorsiumi bilan muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Turkiyalik pudratchilar qayd etishicha, loyiha Toshkentdan Samarqandgacha bo‘lgan masofani 2 soatda bosib o‘tish imkonini beradi. Pulli magistralni qurish 2019—2020-yillarga belgilangan.

Uchrashuvda tomonlar yangi avtotrassa loyihasini ishlab chiqishda magistralning turar-joy tumanlaridan uzoqroq joydan o‘tishi, yaylovlar, qishloq xo‘jalik hududlari va atrof-muhitga minimal ta’sir o‘tkazishi kabi talablarni hisobga olish kerakligi borasida bir fikrga keldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2018, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют