» » Yangiyo‘ldagi mahallalarning birida paxta yig‘im-terimi uchun pensionerlardan 25 ming so‘mdan pul yig‘ilgani aniqlandi

Yangiyo‘ldagi mahallalarning birida paxta yig‘im-terimi uchun pensionerlardan 25 ming so‘mdan pul yig‘ilgani aniqlandi


Yangiyo‘l shahrida pensionerlarning pensiyasidan paxta yig‘im-terimi uchun deb ushlab qolingan pullar o‘z egalariga qaytarib berildi. Bu haqda Xushnudbek Xudoyberdiyev ma’lum qildi.

Avvalroq paxta yig‘im-terimi mavsumidagi majburiy mehnatga qarshi kurashish maqsadida jamoatchilik nazorati loyihasi sifatida Telegram messenjerida @paxta2018_bot maxus boti tashkil etilgan edi. Unga, jumladan, Yangiyo‘l shahridagi pensionerlardan ularning pensiya pulidan paxta yig‘im-terimi uchun mablag‘ ushlab qolingani haqida xabar kelib tushgan.

Ushbu murojaat Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan o‘rganib chiqilgan. O‘rganish davomida Yangiyo‘l shahar, “Yangibog‘” mahallasi raisi A.R. va mas’ul kotibi X.B.lar paxta terimi uchun nafaqa oluvchi fuqarolardan pul mablag‘lari yiqqanligi aniqlangan.

Jumladan, mahallasi raisining paxta yig‘im-terimiga Farg‘ona vodiysidan jalb qilingan terimchilar uchun mahalladagi har bir xonadondan 25 ming so‘mdan pul yig‘ish to‘g‘risidagi topshirig‘iga asosan, mahalla mas’ul kotibi X.B. nafaqa tarqatish vaqtida nafaqaxo‘rlardan 25 ming so‘mdan pul yig‘ib, pullarni o‘z uyiga olib borib qo‘ygani aniqlangan.

“X.B. tomonidan nafaqaxo‘rlardan paxta yig‘im terimi uchun yig‘ilgan jami 1 586 000 so‘m naqd pul va pul bergan nafaqaxo‘rlarni ro‘yxati tuzilgan daftar taqdim etildi. Ushbu daftar ko‘zdan kechirilganda jami 71 nafar fuqarodan 1 470 000 so‘m yig‘ilgani haqida ma’lumotlar borligi aniqlandi. Ularning 54 nafaridan tushuntirish xati olingan, shunda 33 nafar fuqaro o‘z xohishi bilan pul berganini tasdiqlagan”, — deyiladi prokuratura axborotida.

Bundan tashqari, o‘rganish davomida Yangiyo‘l shahar Mahalla xayriya jamoat fondi raisi A.A. 2018-yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumi oldidan 15 ta mahalla raisi bilan o‘tkazgan yig‘ilishida Farg‘ona viloyatidan jami 150 nafar terimchi olib kelishga kelishilgani, 2018-yil sentabr oyi boshlarida 15 ta mahalla raislaridan 1 million so‘mdan jami 15 million so‘m pul yig‘ilib, Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidan keladigan terimchilar bilan 750 ming so‘mdan kelishib, avans tariqasida har biriga 100 ming so‘mdan berib kelinganligi, bu pullarni paxta yig‘im terimiga chiqishni xohlamagan uyushmagan aholidan va homiylar hisobidan to‘plash rejalashtirilganligini ham aniqlangan.

“Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshirish harakatlari davom etmoqda”, — deyiladi xabarda. O‘z navbatida, Xushnudbek Xudoyberdiyev barcha fuqarolarni, agar ularda majburiy mehnatga oid ma’lumotlar bo‘lsa, @paxta2018_bot maxsus boti orqali yo‘llashga chaqirib qolgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2018, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют