» » APL. Grandlarga atalgan 5-tur. “Liverpul” va “Chelsi” peshqadam, “Man Siti” 3-o‘rinda (turnir jadvali)

APL. Grandlarga atalgan 5-tur. “Liverpul” va “Chelsi” peshqadam, “Man Siti” 3-o‘rinda (turnir jadvali)


Dam olish kunlari Angliya premyer-ligasi 5-turi doirasida 9 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Avvalroq “Tottenhem” o‘z uyida “Livеrpul”ga imkoniyatni boy bergani, “Chelsi” esa “Kardiff Siti”ni, “Manchester Siti” “Fulhem”ni tor-mor keltirgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, “Manchester Yunayted” safarda 4 turda ketma-ket g‘alabalarni qo‘lga kiritgan “Uotford”ni 2:1 hisobida taslim etdi. “Nyukasl” esa “Arsenal”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Kecha, 16-sentabr sanasida “Vulverhempton” o‘z uyida “Byornli”ni qabul qilib, 1:0 hisobida g‘alabaga erishdi. 4 turda ketma-ket mag‘lubiyatga uchragan “Vest Hem” esa safarda “Everton”ni 3:1 hisobida taslim etdi. Gollardan ikkitasi Andrey Yarmolenko, bittasi esa Marko Arnautovich hisobiga yozildi. Mezbonlarning javob goli esa Gilfi Sigurdsson tomonidan kiritildi.

Bugun, 18-sentabrga o‘tar kechasi turning so‘nggi uchrashuvi “Sauthempton”—“Brayton” o‘rtasida kechadi.

5-turdan so‘ng “Chelsi” hamda “Liverpul” jamoalari 15 ochkodan to‘plab peshqadam bo‘lib turgan bo‘lsa, 13 ochko to‘plagan “Manchester Siti” jadvalning 3 pog‘onasidan o‘rin olgan.

Angliya premyer-ligasi

5-tur bellashuvlari

15-sentabr, shanba

Gollar: 0:1 – 39 Veynaldum, 0:2 – 54 Firmino, 1:2 – 90+3 Lamela.

Gollar: 1:0 – 19 Freyzer, 2:0 – 37 Freyzer, 3:0 – 41, penalti King, 4:0 – 81 Smit, 4:1 – 88, penalti Meddison, 4:2 – 89 Olbrayton.

Gollar: 0:1 – 16 Bamba, 1:1 – 37 Azar, 2:1 – 44 Azar, 3:1 – 80, penalti Azar, 4:1 – 83 Villian.

Gol: 0:1 – 38 Zaa.

Gollar: 1:0 – 2 Sane, 2:0 – 21 Silva, 3:0 – 47 Sterling.

Gollar: 0:1 – 49 Jaka, 0:2 – 58 O‘zil, 1:2 – 90 Klark.

Gollar: 0:1 – 35 Lukaku, 0:2 – 38 Smolling, 1:2 – 65 Grey.

16-sentabr, yakshanba

Gol:? 1:0 — 61 Ximenez.

Gol: ?0:1—11 Yarmolenko, 0:2—31 Yarmolenko, 1:2—45 Sigurdsson, 1:3—61 Arnautovich.

18-sentabr, seshanba



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2018, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют