» » Toshkentda stomatologiya sohasidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi

Toshkentda stomatologiya sohasidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi


Poytaxtning Miran International mehmonxonasida tibbiyot, xususan, stomatologiya sohasida qo‘llanilayotgan zamonaviy tibbiy uskunalar, xorijiy tajriba va amaliyot masalalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi, deb yozadi O‘zA.

Germaniyaning Gerus Impex GmbH kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining Frankfurtdagi Bosh konsulxonasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mahalliy va xorijlik soha vakillari ishtirok etdi.

Seminarda Germaniyaning Berlin shahridagi endodontiya xususiy klinikasi bosh shifokori Sebastian Ridl va Italiyaning Rim universiteti parodontologiya bo‘limi dekani, professor Andrea Pilloni stomatologiya sohasida qo‘llayotgan tajribalari, xususan, endodont va parodontni davolashda erishgan natijalari haqida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdi.

“Uch kun davom etgan seminar mahalliy stomatologlar uchun juda qiziqarli va foydali bo‘ldi, — deydi Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining stomatologiya kafedrasi assistenti Alisher Azizov. — Chunki endodont va parodont, ya’ni tish kanallari va to‘qimalari muolajasida xorij tajribasini o‘rganish biz uchun yangilik. Tadbirning birinchi kunida tish yallig‘lanishi va kanallarini davolashda Germaniya davlatida ishlab chiqarilayotgan uskunalar va ularni amaliyotda qo‘llash borasida mahorat darslari o‘tkazildi”.

Yakunda mavzu doirasida fikr-mulohazalar bildirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-09-2018, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют