» » “O‘zbekneftgaz”da joriy yil qish mavsumi va 2019-yilda Xitoyga tabiiy gaz yetkazib berish masalalari muhokama qilindi

“O‘zbekneftgaz”da joriy yil qish mavsumi va 2019-yilda Xitoyga tabiiy gaz yetkazib berish masalalari muhokama qilindi


“O‘zbekneftgaz” bosh ofisida kompaniya rahbariyati Xitoy Milliy neft-gaz korporatsiyasi (CNPC) vitse-prezidenti Xou Siszyun boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida CNPC korporatsiyasi vakillari Mingbuloq konidagi M-15 qudug‘ini burg‘ilash jarayonida erishilgan ijobiy natijalar, Dengizko‘l gaz kondensat konidagi Xo‘jasayat uchastkasi va Xo‘jasayat, Xo‘jadavlat va Sharqiy Olot konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha ishlar jadal ravishda amalga oshirilgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Tomonlar O‘zbekistonda qazib olingan tabiiy gazni qish mavsumi va 2019-yil mobaynida yetkazib berish, “O‘zbekiston—Xitoy” gaz quvurining 4-liniyasi orqali tabiiy gazni yetkazib berish masalalarini ko‘rib chiqdi.

Uchrashuv davomida CNPC vitse-prezidenti Xou Siszyun Mingbuloqdagi M-15 qudug‘ini sinovdan o‘tkazish natijalarini sabrsizlik bilan kutayotganini ta’kidladi. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur loyiha korporatsiya direktori Van Ilin tomonidan shaxsan nazorat qilinmoqda.

Shuningdek, Xitoy tomoni O‘zbekistonning istiqbolli investitsiya bloklari bo‘yicha geologik-qidiruv ishlarini olib borish sohasidagi sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish taklifi bilan chiqmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2018, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют