» » Toshkent viloyati YPX xodimlari gaz balloni o‘rnatilgan avtomobillarni tekshirish bo‘yicha reyd o‘tkazdi

Toshkent viloyati YPX xodimlari gaz balloni o‘rnatilgan avtomobillarni tekshirish bo‘yicha reyd o‘tkazdi


Toshkent viloyatida harakatlanish xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida siqilgan gazda ishlash uchun qayta jihozlangan transport vositalarining texnik xolatini nazorat qilish maqsadida joriy yilning 19-sentabr kuni maxsus targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda viloyat YPX axborot xizmati xabar berdi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad xavfsizlik masalasi bo‘lib,  bunda viloyat hududida 65 ta avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchalarida texnik reglamentlar asosida xavfsizlik qoidalariga to‘liq amal qilinishini ta’minlash yuzasidan mas’ul xodimlar ishtirokida alohida suhbatlar o‘tkazildi.

Suhbat chog‘ida bu yo‘nalishdagi ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi, bunda har bir xodimning shaxsiy javobgarligi va mas’uliyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilishi lozimligi ayniqsa, avtomobillardagi gaz ballonlarining sinovdan o‘tganligini tasdiqlovchi maxsus hujjatlarni muntazam ravishda tekshirilishi, gaz quyish vaqtida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, belgilangan me’yordan ortiqcha gaz quymaslik bo‘yicha har bir ishchi-xizmatchilarga tegishli tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari viloyat hududida faoliyat olib borayotgan yo‘l patrul xizmati inspektorlari tomonidan gazga qayta jihozlangan avtomobillarni tekshirish borasida maxsus reydlar tashkil etilib, reyd tadbirlarida gaz moslamalaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq 56 ta qoidabuzarliklar aniqlanib, haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Viloyat hududida reyd tadbirlari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2018, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют