» » Namangan Davlat xizmatlari markazi belaruslik mehmonlarni kutib oldi

Namangan Davlat xizmatlari markazi belaruslik mehmonlarni kutib oldi


20-sentabr kuni Belarus adliya vazirining o‘rinbosari Igor Tushinskiy boshchiligidagi delegatsiya Namangan shahridagi Davlat xizmatlari markazining tajribasini o‘rganish uchun tashrif buyurdi, deb yozadi O‘zA.

Delegatsiyani Namangan viloyati Davlat xizmatlari boshqarmasi boshlig‘i Dilmurod Ismoilov kutib oldi. Davlat xizmatlari agentligi direktori o‘rinbosari No‘’mon Muhammadiyev bilan birgalikda mehmonlarni davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimi, Namangan misolida markazlarning faoliyati bilan tanishtirdi.

Mazkur markaz zarur bo‘lgan zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan eng katta va namunalilardan biridir.

Ismoilov “yagona darcha” tamoyilini amalga oshirish, shuningdek, markazlarda davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi afzalliklar haqida so‘zlab berdi.

Shuningdek, mobil sayyor xizmatlari ko‘rsatish haqida ma’lumot berildi.

Bugungi kunda Namangan Davlat xizmatlari markazi eksperimentlar markazlaridan biri bo‘lib, 100 ga yaqin davlat xizmatini ko‘rsatadi. Namangan shahri aholisiga pasport beradigan va yangilaydigan yagona markaz hamdir. Bu yerda bir kunda 800 dan ziyod fuqaroga xizmat ko‘rsatiladi. Markaz binosida Prezident Xalq qabulxonasi, FHDYO bo‘linmasi, sug‘urta, kadastr, haydovchilik guvohnomasini almashtirish, tez yordam va bank filiallari mavjud.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2018, 23:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют